VILOYAT RAHBARI NAVBAHORDAGI QURILISH OBYEKTLARI VA FERMER DALALARIDA BO‘LDI

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumaniga tashrif buyurdi. Tashrifning ilk manzili "Qorovultepa” mahallasi hududidagi "Pure nature oils" MCHJ bo‘ldi.
Ushbu korxonaning qurilish ishlari bilan yaqindan tanishar ekan, korxonada kelajakda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, shuningdek, sifatli yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aholi dasturxoniga tortiq qilish bo‘yicha mutasaddilarga o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.
Keyingi manzil "Navkar” mahallasi hududidagi "Nev agro sistem" fermer xo‘jaligi dalalasi bo‘ldi. Viloyat rahbari dala chetlarini o‘zlashtirish va ularda mahsulotlar yetishtirish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiya hamda topshiriqlarini berdi.
Shuningdek, dalada ekilgan pista parvarishi bilan ham tanishdi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.