12.05.2025
SAYYOR QABULDA FUQAROLARNING MUROJAATLARI ATROFLICHA OʻRGANILDI
Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov, xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Razzoqovlar "Yaltirabod" mahallasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Unda korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda 25 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada amaliy ko‘mak berish, ish bilan ta’minlash, uy-joylarni kadastr qilish, kontrakt to‘lovlarini to‘lashda ko‘maklashish va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.
Jarayonda bir qancha murojaatlar joyida o‘z еchimini topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.