NAVBAHORDA 13 NAFAR FUQARONING HUQUQLARI TIKLANDI

Navbahor tuman adliya bo‘limi binosida Navoiy tumanlararo ma'muriy sudining   sayyor sud majlislari o‘tkazildi. 

Sayyor sud majlisida Navbahor tuman adliya bo‘limi tomonidan 7 nafar fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab keltirilgan arizalar ko‘rib chiqilib qanoatlantirildi hamda fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Shuningdek, Navoiy tumanlararo ma'muriy sudi raisi G‘.Abduxoliqov tomonidan "Fuqarolar va tadbirkorlar sud himoyasida” mavzusida davr suhbati o‘tkazib, davra suhbati davomida Prezidentimizning "Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta'minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» PQ-107-sonli qarorining mazmun mohiyati tushuntirilib, savollarga atroflicha javob berildi

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.