Korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi.
Tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi bilan hamkorlikda 29-umumiy o‘rta ta'lim makrabida Korrupsiyaga qarshi kurashish munosabati bilan
#BIZ_KORRUPSIYAGA_QARSHIMIZ chellenji va sinflarda targ‘ibot ishlari olib borildi.
Targ‘ibot davomida Korrupsiya jamiyatning maʼnaviy axloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini jiddiy tarzda buzilishiga olib kelishi tushuntirildi.