Navoiy viloyati delegasiyasining Turkiya Respublikasiga bo‘lgan xizmat safari davomida Denizli viloyatiga ham tashrif buyurildi.
Tashrif doirasida Denizli viloyati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida ikki viloyatning iqtisodiyoti, sanoati hamda boshqa sohalari bir-biriga juda yaqinligi qayd etildi.
Shuningdek, qisqa muddatlarda Denizli viloyati delegasiyasini Navoiy viloyatiga tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi.