Aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, aholida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Navbahor tumani "Qorajon" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy taʼminoti, taʼlim, tadbirkorlik va chorvachilik yoʻnalishlarida kredit olish, davolanish uchun pul mablagʻi olish, sud-xuquq masalasi, uy-taʼmiri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalarni olishdi.
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi.
Vaqt talab etiladiganlariga tegishliligi boʻyicha qonuniy yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, taklif va tavsiyalar berildi.