Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi bir qator ijtimoiy obektlarda olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirish va qurilish sifatini nazorat qilish maqsadida ushbu ob’yektlarga tashrif buyurdi.
Dastlab viloyat rahbari hududdagi 17-umumta’lim maktabi bo‘lib, bu yerda qishloq joylarida infratuzilmani yaxshilash dasturi asosida ajratilgan 7 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish hamda ushbu ta’lim muassasasi yoshlarini sifatli ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Viloyat rahbari shuningdek 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bu yerda investisiya davlat dasturi asosida ajratilgan 2 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirar ekan, bolajonlar qish mavsumida ham qiynalmasdan ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Keyingi manzil 37-oilaviy poliklinika bo‘ldi. Aholining talablaridan kelib chiqib ushbu tibbiyot muassasasida 3 mlrd. so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari asosida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
N. Tursunov kelajakda ushbu muassasada faoliyat yurituvchi xodimlar hudud aholisini sog‘lom turmush tarziga rioya etish va turli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish zarurligi to‘g‘risidagi mulohazalarini bildirdi.
Hududdagi 26-umumta’lim maktabiga tashrif chog‘ida esa investisiya dasturi asosida 2 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilayotgan 240 o‘rinli yangidan bino qurish ishlari o‘rganildi.
Viloyat rahbari shuningdek maktab sport o‘yingohi hamda qo‘shimcha binolarni ham sifatli ta’mirlanishiga e’tibor qaratilishi borasida o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Navbahor tumaniga tashrifning so‘nggi manzili 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.
Bu yerda ham ayni paytda qishloq joylarida infratuzilmani yaxshilash dasturi asosida ajratilgan 4 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan ta’mirlash ishlari bilan olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida barcha ishlar sifatli va vijdonan bajarilishi shartligi uqtirildi.