Aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, aholida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Navbahor tumani "Yuqori beshrabot" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabulda tuman hokimi A.O'roqov, tuman Adliya bo'limi boshlig'i E.Fayzullayev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Razzoqov, korxonalar rahbarlari, mahalla faollari va 22 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi.
Vaqt talab etiladiganlariga tegishliligi boʻyicha qonuniy yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, taklif va tavsiyalar berildi.