Quyida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:
tuhmat (40-modda);
haqorat qilish (41-modda);
fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish (45-modda);
fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish (46-modda);
shaxsiy hayot daxlsizligini buzish (46-1-modda);
yengil tan jarohati yetkazish (52-modda);
mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish (61-2-modda);
ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish (104-modda);
transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi (133-modda);
haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi (134-modda);
mayda bezorilik (183-modda);
o‘zboshimchalik (200-modda).
Ammo yuqoridagi huquqbuzarliklarni 1 yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Navbahor tuman adliya bo‘limi
boshlig‘i E.Fayzullayev
boshlig‘i E.Fayzullayev