Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Navbahor tumanining "Navkar” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, aholi vakillari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faollari bilan suhbatlashdi. Mahalla ahlining sumalak saylida ham ishtirok etdi.
Uchrashuvlar davom etmoqda.