Bugun Navbahor tumanidagi "Qorovultepa” mahallasida joylashgan "Mehri Adizova" fermer xo‘jaligi yer dalalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamda Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari tashrif buyurishdi.
Soha xodimlari tomonidan g‘allani oziqlantirish undan yuqori hosildorlik olish va chigit ekish ishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Xususan, chigitni ekishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, agro texnik tadbirlarni vaqtida bajarish, o‘g‘itlash ishlarini tashkil qilish, namlikni saqlash lozimligi ta’kidlandi.