Quyida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:
tuhmat;
haqorat qilish;
fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish;
fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish;
shaxsiy hayot daxlsizligini buzish;
yengil tan jarohati yetkazish;
mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish;
ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish;
transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;
haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi;
mayda bezorilik;
o‘zboshimchalik.
Ammo yuqoridagi huquqbuzarliklarni 1 yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Navbahor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i E.Fayzullayev