O’zbekliston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi "Keksalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish qo’shiimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan har yilning noyabr oyi yurtimizda "Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilangan. Ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz keksalar va yolg’iz yashaydiga keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash, ularning vaqtini mazmunli o’tkazishlarini tashkil etish maqsadida turli xil loyihalar amalga oshirib borilmoqda. Shulardan biri Navbahor tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limi hamda tuman Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi homiyligida joriy yilning 12-noyabr kuni 15 nafar yolg’iz keksalar va yolg’iz yashaydigan keksalar Buxoro shaxriga sayoxatga olib borildi.