Navbahor tuman adliya bo‘limi binosida Navoiy tumanlararo ma'muriy sudining sayyor sud majlislari o‘tkazildi.
Sayyor sud majlisida Navbahor tuman adliya bo‘limi tomonidan 7 nafar fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab keltirilgan arizalar ko‘rib chiqilib qanoatlantirildi hamda fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Shuningdek, Navoiy tumanlararo ma'muriy sudi raisi G‘.Abduxoliqov tomonidan "Fuqarolar va tadbirkorlar sud himoyasida” mavzusida davr suhbati o‘tkazib, davra suhbati davomida Prezidentimizning "Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta'minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» PQ-107-sonli qarorining mazmun mohiyati tushuntirilib, savollarga atroflicha javob berildi