21.11.2023
Joriy yilning 15 noyabr kuni Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining 66-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, jamoat va boshqa tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga asosan 5 ta asosiy masala, ya'ni Tuman hokimining tumanda aholi turmush farovonligini oshirish, aholi bandligini ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiya va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti. Tuman sudlari tomonidan qonuniylikni ta'minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlarni eshitish. Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida mas'ullarning hisobotlarini eshitish. Aholi sog‘ligini tiklash va sog‘lom turmush tarzini tadbiq qilish borasida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida mas'ullarning hisobotlarini eshitish. Tumanda ekologik barqarorlikni ta'minlash borasida tuman ekologiya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida mas'ullarning hisobotlarini eshitish va boshqa bir qator qo‘shimcha masalalar muhokama etildi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman hokimi A.O‘roqov hisobot berib o‘tdi.
Navbahor tumanida 2023 yil 1 oktyabr xolatiga 119 ming 859 nafar fuqaro istiqomat qiladi. (2022 yilda 117 min 726 nafar bo‘lgan).
Aholining o‘rtacha ish xaqisi 2023 yilda 2 mln 819 ming so‘mni tashkil etib 2022 yilga nisbatan 400 ming so‘m 116,5 foizga oshgan. (2021 yilda
2 mil 419 ming so‘mni tashkil etgan)
Navbahor tumanida 2023 yil uchun muhim bo‘lgan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida hayotga tadbiq etilishi natijasida, joriy yilning yanvar, iyun oylarida tumanning sanoat maxsulotlari 104,0 foizga (677.0 mlrd.so‘m), xalq iste'mol mollari 103,4 foizga (315.5 mlrd.so‘m), chakana savdo aylanmasi 106,1 foizga (442,6 mlrd.so‘m), Qurilish ishlari 107.5 foizga (458.7 mlrd.so‘m) ni va xizmatlar hajmi 106,7 foizga (462.5 mlrd.so‘m) o‘sishi kuzatildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida
2023 yil yanvar-sentyabr oylarida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 3110 ta loyihaga jami 77,8 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Buning natijasida, 3445 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlandi:
Sessiyada kun tartibidagi ikkinchi masala, Tuman sudlari tomonidan qonuniylikni ta'minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlarni eshitish yuzasidan tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan sudlar raislari axborot berib o‘tdi.
Mamlakatimizda sud-huquq sohasida keng ko‘llamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 2020 yilning 30 iyun kuni muhtaram prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan “Odil sudlovni ta'minlash va korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan video selektor yig‘ilishi ham tom ma'noda bu sohadagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi desak adashmaymiz. Ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Prezidentimiz tomonidan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Sud-huquq sohasidagi bu islohotlarning zamirida avvalambor adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu orqali xalqning tinch-totuv va faravon yashashi, davlatimizni yanada taraqqiy ettirish va yurt tinchiligini ta'minlash kabi muhim vazifalar turadi.
Shuningdek kun tartibidagi uchinchi masala, Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman IIB boshlig‘i U.B.Shukurov hisobot berdi.
Tuman hududida kriminogen vaziyatni barqarorligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvakt oldini olish maqsadida IIBning soxaviy xizmatlari xamda mutassaddi tashkilotlar xamkorligida “Xavfsiz xudud”, “Nazorat”, “Oriyat”, “Qoradori”, “O‘smir”, “Davomat”, “Qidiruv”, “Tun” singari maxsus va boshqa tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tazilib, ommaviy-siyosiy, madaniy va sport tadbirlarida jamoat tartibi to‘liq ta'minlandi.
Har haftaning belgilangan kunlari jamoatchilik va hamkor tashkilotlar ishtirokida 41 ta mahallada Payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”, Chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi kuni”, Juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash kuni” tadbirlari o‘tkazilib kelindi.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni tegishli tartibda bartaraf qilish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, ijrosini ta'minlanib, doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
Navbahor tumani xududida 2023 yil 10 oyi davomida jinoyatlar 230 (2022 y 185 ta) tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45 taga oshgan bo‘lib, jinoyatlarni fosh etilishi 95.9% ni (2022 y 97.0%) tashkil qildi.
Jumladan, Tuman xududida 2023 yilning o‘tgan 10 oyi davomida, Qasddan odam o‘ldirish, Qasddan og‘ir tan jaroxati yetkazish, Nomusga tegish, talonchilik, Transportni olib qochish, tovlamachilik, jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala, Aholi sog‘ligini tiklash va sog‘lom turmush tarzini tadbiq qilish borasida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.G.Gaffarov hisobot berib o‘tdi.
Tuman aholisiga bir nechta tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatilib, ushbu muassasalardan
1 ta tuman tibbiyot birlashmasi,
1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika,
6 ta oilaviy poliklinika,
11 ta oilaviy shifokor punkti,
12 ta maxalla punktlari
tuman SEO va JS xizmati,
1 ta xo‘jalik hisobidagi dizinfektsiya stantsiyasi va boshqa tibbiyot muassasalari.
Tumanda 1 ta statsionar davolash-profilaktika muassasi mavjud bo‘lib
Ushbu muassasalarda jami 230 ta statsionar o‘rin mavjud har 10 ming aholiga nisbatan ta'minot 19.6 ni tashkil etib, 230 ta statsionar o‘rinlardan 7 tasi statsionar qoshidagi kunduzi o‘rinlar hamda 19 ta xo‘jalik hisobidagi pullik o‘rinlar.
Kun tartibidagi beshinchi masala, Tumanda ekologik barqarorlikni ta'minlash borasida tuman ekologiya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i v.b T.Umrzoqov hisobot berib o‘tdi.
Ekologiya, atrof-muxitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining 2023-yilda “Reyd nazorat tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 4-yanvardagi №1-sonli, 6-iyuldagi №29-sonli buyruqlariga asosan joriy yilning 14-noyabr kuniga qadar Navbaxor tuman bo‘limi tomonidan jami 1286 marotaba nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 149 ta Ekologik qonun buzilish holatlari aniqlangan va 149 nafar huquqbuzarga nisbatan 137 717 500 so‘m miqdorda ma'muriy jarima choralari ko‘rildi, shundan atmosfera xavosini muxofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning talablarini buzganliklari uchun 45 nafar fuqaroga 9 740 000 so‘m miqdorida hamda chiqindilar to‘g‘risidagi qonunning talablarini buzganliklari uchun 35 nafar fuqaroga 11 400 000 so‘m miqdorida, suv va suv ob'ektlarini muhofaza qilish bo‘yicha 9 nafar fuqaroga 7 380 000 so‘m miqdorida, yerlarni va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha 18 nafar fuqaroga 38 827 500 so‘m miqdorida, o‘simliklar dunyosini muxofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning talablarini buzganliklari uchun 29 nafar fuqoroga 46 200 000 so‘m miqdorida jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun 27 nafariga 90 690 000 so‘m va ov bo‘yicha 9 nafar fuqaroga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 6 nafar fuqoroga qo‘llanilgan summalari undirish uchun sud organlariga yuborildi jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun 3 nafariga 9 300 000 so‘mlar belgilandi.