08.11.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi bo‘yicha tumanda 1-yarimyillikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholi hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qabul qilingan.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Viloyat hokimining 2023 yil 11 martdagi 30-5-0-Q/23-sonli qaroriga asosan tuman hokimining 2023 yil 14 martdagi 28-5-73-Q/23-sonli qarori qabul qilinib, Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida kompleks Chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda 7 ta bo‘lim, 41 ta maqsad doirasida eng muhim tashabbuslarni aks ettirgan 74 ta banddan iborat chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Dastur doirasida umumiy qiymati 384,7 mlrd so‘m va 22.5 mln AQSh dollari teng chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Joriy yilning 16 martida Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini tashkillashtirish masalasi muhokama etildi.
Mazkur majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan Davlat dasturini ijrosini tashkil qilish bo‘yicha barcha darajadagi davlat organlari va rahbarlarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish, bu borada davlat organlari va rahbarlarning shaxsiy mas'uliyatini belgilash, Strategiya va «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan islohotlar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va aholi hayot darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini ta’minlash maqsadida 2023 yil 1-yarimyillik davomida tumanda bir qator ishlar amalga oshirildi.
2023 yil 1-yarimyillik yakuni bo‘yicha tuman dasturda bajarish muddati kelgan bandlar bo‘yicha tegishli ishlar boshlangan.
Jumladan, tumanda jami 33 ta hududiy investiya loyihani tarmoq jadvallari tasdiqlangan. Shundan 1 ta yangi «Navbahor tekstil » MChJ tomonidan mato ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yer maydoni tanlangan auktsion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, tadbirkor tomonidan 7,7 gektar yer maydoni auktsion savdolaridan yutib olingan. Hozirda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha, «M.Ulug‘bek» mahallasida «GRANITE STONE INDUSTRY» MChJ korxonasi yangi ochilib, ushbu hududdan granit toshlarini qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha jami 2 gektar yer maydoni auktsion savdolaridan sotib olingan. Mahaliylashtirish dasturi bo‘yicha 1 chorakda «Aziametprommash» MChJ tomonidan 500 mln.so‘m, «Heating radiators» MChJ tomonidan 2,5 mlrd.so‘m va «Heating radiators» MChJ tomonidan 4,2 mlrd.so‘m sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi shuningdek 1-chorak uchun belgilangan eksport prognozi 6,7 mln.AQSh dollarini tashkil etib, sanoat sohasida «Navbahor tekstil » MChJ, «Mengi tekstil » MChJ, «Qorajon tekstil » MChJ va meva sabzavot sohasida «Navbahor-agrolimon» MChJ eksportyor korxonalari tomonidan jami 7,0 mln.AQSh dollarlik sanoat va meva sabzavot mahsulotlari eksportga chiqarildi.
Xorijiy investitsiya o‘zlashtirish bo‘yicha «ASYa SERA GARDEN» MChJ QK tomonidan zamonaviy issiqxona, «PARADISE GARDEN» MChJ QK tomonidan meva sharbati ishlab chiqarish, «MENGI TEKSTIL » MChJ XK tomonidan poyabzal ishlab chiqarish va «VIK ENGINEERING» MChJ XK tomonidan suv nasoslari ishlab chiqarish loyihalari hisobiga 3,0 mln.AQSh dollari xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
2023 yilda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy hokimliklar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha jami 25 ta tashkilotga quvvati 1188 kVt qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish rejasi belgilangan bo‘lib, 1-chorakda jami 83 ta tashkilot va 147 ta aholi xonadonlariga 628.8 kVt li quyosh panellari va 3600 litr xajmli quyosh suv isitish kollektrlari o‘rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 dekabrdagi PQ-52-son qarori asosida sovutkichli sig‘imlar tashkil bo‘yicha tumanda xozirgi kunda jami 400 tonnalik «Mehnat» mahallasida joylashgan «Jasmina Sarvinoz» fermer xo‘jaligi tomonidan 100 tonna sig‘imli, «Keskanterak» mahallasida joylashgan «Farangiz Shabnam 2020» MChJ tomonidan 300 tonna sig‘imli muzlatgich qayta ta’mirlanib ishga tushirilgan bo‘lsa «Chorvoqguzar» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida «Xushnudbek qo‘rg‘oni» oilaviy korxonasi tomonidan sig‘imi 300 tonna bo‘lgan muzlatgich qurish ishlari olib borilmoqda, hozirda loyihaning ichki qismini ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari «Uchtut» mahallasidagi «Fayzulla kelajagi orzu bog‘i» xususiy korxonasi tomonidan 100 tonnalik, «Qorajon» mahallasidagi «Navbahor tomorqa xizmati klasteri» MChJ tomonidan 400 tonnalik, «Keskanterak» «Azim bobo yuksalish» MChJ tomonidan 200 tonnalik muzlatgichli omborxona tashkil etish loyixalarining belgilangan muddatlarda ishga tushurish yuzasidan tarmoq jadvallari tuzildi.
Tumanda qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 12 ta loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvallari to‘liq shakllantirilib (Chorvachilik yo‘nalishida, shundan, 4 ta qoramolchilik, 4 ta parrandachilik, 4 ta baliqchilik yo‘nalishida) tarmoq jadvallari to‘liq rasmiylashtirilgan.
Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 38,7 mlrd.so‘mni tashkil etib, shundan 22 mlrd.so‘m o‘z mablag‘lari, 16,7 mlrd.so‘m bank kreditlari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 5 ta loyiha o‘z mablag‘lari va 7 ta loyiha bank kredit mablag‘lari yevaziga amalga oshirilishi belgilangan.
2023 yil 1-yarimyilligi davomida 5 ta loyihaga jami 2,7 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi va 2 ta loyihaga kredit ajratish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Tumanda 2023 yilda 520 gektar yangi erlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha tashabbuskorlar tomonidan amalga oshiradigan tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan hamda qo‘shimcha ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqilib, foydalanishga qaytarilgan yer maydonlarga 400 gektariga dorivor (zira) o‘simliklar, 100 gektar ozuqa ekinlari, 20 gektar bug‘doy ekilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur maydonlardan jami 530 tonna, shundan, 160 tonna zira 120 tonna bug‘doy, 250 tonna ozuqa mahsulotlari yetishtirilishi rejalashtirilmoqda.
2023 yilda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy hokimliklar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha jami 25 ta tashkilotga quvvati 1188 kVt qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish rejasi belgilangan bo‘lib, 1-2-chorakda jami 61 ta tashkilot, 41 ta tadbirkorlik su'ektlari va 234 ta aholi xonadonlariga 911.8 kVt li quyosh panellari va 3600 litr xajmli quyosh suv isitish kollektrlari o‘rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 2023 yilda tumanning 21 mahalla fuqarolar yig‘inida jami loyiha qiymati 33,1 mlrd.so‘m bo‘lgan, 89,3 km masofaga ya’ni suv quvurlarini montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek tumandagi «Xalovatepa» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 1979 yilda xashar yo‘li bilan loy paxsadan qurilgan va bugungi kunda yaroqsiz holga kelib qolgan 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi o‘rnida 2,1 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 240 o‘rinli o‘quv bino qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, “Navoiy viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasining 2022 yilda bergan texnik xulosasiga asosan binnoni buzish ishlari ttugatilib, 240 o‘rinli o‘quv blokini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya yordam holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birlamchi tizimga oid chiqargan farmon va qarorlari ijrosi yuzasidan birgina 2022 yilning ushbu davriga qadar tizimda tub o‘zgarishlar bo‘lib bugungi kunga qadar birgina Navbaxor tumanida 2023 yilda faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan 1 ta oilaviy shifokor punkti hamda 1 ta oilaviy poliklinikalardan 1 tasi o‘z faoliyatini boshladi.
Bundan tashqari, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika hamda oilaviy shifokorlik punklaridagi kunduzgi statsionar o‘rinlar soni 50 tadan 100 taga oshirilib kunduzgi statsionarlarning ish vaqti 08:00dan20:00 gacha etib belgilanib barcha birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida fitobarlar tashkil etildi. Bugungi kunga qadar ushbu kunduzgi statsionarlarda 2547 nafar bemorlar davo muolajalari olmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110-sonFarmoniga asosan olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash maqsadida berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yanada yaxshilandi.
Farmon ijrosini yuzasidan 57 “tibbiyot brigadalari” tomonidan tumanning 95,2 foiz aholisi tibbiy xatlovdan o‘tkazildi. Xatlovni o‘tkazishi uchun 13 turdagi 2 200 dan ortiq zaruriy tibbiy jihozlar (planshet, glyukometr, to‘liq jihozlangan patronaj sumkasi) 4,2 mln. so‘mga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan xarid qilindi.
Xatlov natijasida 3-4 xavf guruhga mansub 108806 nafar aholining 95452nafari (87,7 foizi) chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib 110 nafardan ortiq bemorlarga viloyat va respublika darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar va sog‘lomlashtirish tadbirlari joriy yil 2-choragi yakuniga qadar to‘liq amalga oshiriladi.
Xatlovga ko‘ra, tuman aholisi orasida nafas olish tizimi, yurak qon-tomir, onkologik va endokrin tizimi kasalliklari yuqori ekanligi aniqlandi.
Tashkil etilgan Respublika-viloyat-tumani integratsiyasi natijasida Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlaridan kelgan 45 nafar yetuk mutaxasislar tomonidan birlamchi bo‘g‘inda saralab olingan 315 dan ziyod bemorlarda yuqori texnologik muolajalar o‘tkazilishi rejalashtrildi va 1220 dan ortig‘iga kolsul tativ tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, murakkab operatsiyalarga muhtoj 17nafar bolalarning ro‘yxati shakllantirilib, ularni sog‘lomlashtirish uchun Bolalar milliy tibbiyot markaziga yuborilishi ta’minlandi va bu ishlarni muntazam davom ettirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi.
Bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Bolalar bo‘limi 30 ta o‘rindan 40 ta o‘ringa kengaytirildi, shuningdek, 6 o‘ringa mo‘ljallangan bolalar reanimatsiyasi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish maqsadida tumada faoliyat yuritayotgan korxona tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha «HOKIM KUBOGI» musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada tumandagi 30dan ziyod tashkilotlar jamoasi ishtirok etishdi hamda musobaqa yakunida tumandagi 1-sport maktabi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari tumanda qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning minifutbol, futbol turlaridan “DXX KUBOGI” tashkil etildi. Badiiy gimnastika, valeybol sport turlaridan “HOKIM KUBOGI” tashkil etildi. Sportning suzish, belbog‘li kurash, ko‘l to‘pi, basketbol, futbol an'anaviy ushu va karate, stol tennisi turlaridan viloyat ochiq birinchiligi musobaqalari Navbahor tumanida tashkil etildi. Viloyat 2-liga futbol musobaqasida tuman jamoasi muvafaqqiyatili ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari tumanda korxona tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida marafon va velo marafonlar tashkil etilib kelinmoqda.
Madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va ob'ektlariningmoddiy-texnika bazasini yaxshilash borasida 2023 yilda tumanda o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va kontsert-tomosha tadbirlarini yillik kalendar rejasini tasdiqlanib, bunda har bir mahallada «Madaniyat karvoni», «Madaniyat kunlari», «Milliy kino kunlari», «Kitob aktsiyasi» tadbirlari, badiiy va sirk jamoalari, davlat teatrlarining hududlarga gastrol safarlari, kontsert va maydon tomoshalari, ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish va o‘tkazish belgilandi.
Mazkur kalendar rejaga asosan, «Ma’naviyat festivali» doirasida tumanda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlab «Xalqchil Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilmoqda.
Tadbirda Respublikasi Qonunchilik Palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas'ul xodimilari fan doktorlari, professorlar, xonanda va aktyorlar ishtirok etishdi.
Navbahor tumanida 2023 yil bahor mavsumida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida tuman bo‘yicha jami 1,0 mln dona manzarali va mevali ko‘chatlar hamda qalamchalar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, 1-chorakda tuman Shtabi tomonidan 1030,3 ming dona ekilgan ko‘chatlar platformaga kiritilib, belgilangan reja 100,8 foizga bajarilgan.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Tuman ishchi guruhi yil davomida Farmon va davlat dasturining ijrosini har hafta yakuni bo‘yicha muhokama qilib borish, aniqlangan muammoli masalalarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib boradi.