PILLA
31.05.2025
Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov Keskanterak mahallasi hududida joylashgan pilla qabul qilish punktida bo'ldi. Jarayonda navbahorlik pillakorlar tomonidan tayyorlangan hosilni qabul qilish jarayonlari bilan tanishdi.
Ma'lumot uchun: 2025 yilda tumanda 5249 kuti ipak qurti urug'i olib kelindi 315 tonna xo'l pilla xom ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan shundan 202 nafar fermer xo'jaliklari bilan 180530 kilogrammga shartnoma tuzilgan, 2347 nafar kasanachilar bilan 134470 kilogramga shartnoma tuzilgan.