25.06.2024
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
????Ayni kunlarda yurtimizning har bir hududida “Yoshlar oyligi” doirasida turli xil tadbirlar, uchrashuvlar va loyihalar tashkil etib kelinmoqda.
Bugun Navbahor tuman hokimligida tuman hokimi Azamat O`roqov, viloyat hokimi o'rinbosari M.Mamadiyarova hamda tuman hokimi oʻrinbosari G. Ergasheva umumtaʼlim maktab va kasb-hunar maktab bitiruvchilari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va undan foydalanib, muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar haqida soʻz yuritildi.
Keyingi navbatda, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, taklif va tashabbuslari, murojaatlarini bildirib o‘tishdi.
Uchrashuv soʻngida yoshlarga esdalik sovgʻalari berildi.
Hokim o'rinbosarlari yoshlar tomonidan yo‘llangan murojaatlar yuzasidan mas‘ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar belgilab berdi.