24.05.2024
????Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Razzoqov, tuman prokurori Baxtiyor Isoqov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Uyg'un Shukurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyevlar " Beshrabot" mahallasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Unda korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
????Qabulda fuqarolar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada amaliy ko‘mak berish, ish bilan ta’minlash, uy-joylarni kadastr qilish, kontrakt to‘lovlarini to‘lashda ko‘maklashish va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.
????Jarayonda bir qancha murojaatlar joyida o‘z еchimini topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.