#OCHIQ_MULOQOT
17.05.2024
????Bugun Navbahor tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limida bo'lim xodimlari, mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, tuman adliya bo‘limi xodimlari hamda ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
➡️Ochiq muloqot davomida fuqarolarga ajratilayotgan kreditlar, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar bundan tashqari ishsiz aholini ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikka jalb etish, xonadonlarda tomorqa madaniyatiga e'tibor qaratish, undan oqilona foydalanish kabi masalalar bo'yicha suhbatlar olib borildi.