25.04.2024
➡️Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mahalla yettiligi” uchun maʼlumotlar bilan ishlash, fuqarolar bilan suhbatlashish madaniyati, anketa soʻrovnomalarini toʻldirish tartibini tushuntirish yuzasidan Navbahor tumanidagi Madaniyat bo'limining faollar zalida seminar o'tkazildi.
????Ushbu seminarda tuman hokimi O'roqov Azamat Shodiyevich, Respublikadan biriktirilgan viloyat shtabi rahbari
Bozorov Toʻxta Sharipovich, tashki mexnat migratsiyasi agentligining Navoiy viloyati filiali rahbari Mardonov Farrux Nurxon oʻgʻli, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi oʻrinbosari
Isoqov Normurod Isroilovich, Navoiy viloyat IIB boshqarma boshligʻi Ismoilov Yusuf Isroilovichlar hamda tumadagi barcha mahallalarning yettiligi ishtirok etishdi.
????Seminar davomida tashqi mehnat migratsiyasi mazmuni va mohiyati, “Mahalla yettiligi” uchun maʼlumotlar bilan ishlash, fuqarolar bilan suhbatlashish madaniyati, anketa soʻrovnomalarini toʻldirish tartibi, xatlov jarayonlarini olib borish tartibi va boshqa mavzuga doir ma'lumotlar berib o'tildi.