22.04.2024
Sivilizatsiya, moshinalar shovqini va aqliy mehnat insonni bahavo joylarga sayohat qilishga undaydi. Ana shunday turizm rivojlangan hududlardan biri Navbahor tumani hisoblanadi.
Hech kimga sir emasku Navbahorda dunyoda mashhur Sarmishsoy qoyatosh suratlari mavjud. Ammo har bir hududning o‘ziga hos jozibador tomonlari bor bo‘lgani kabi Navbahor tumanining ham siz va biz bilmagan ajoyib tabiati hamda ekoturizm hududlari mavjud. Ushbu hududlarga sayohat qilganingizda ko‘nglingizga sokinlik, qalbingizga taskin va albatta bir yilga yetarli energiya olishingiz mumkin.
Ijand qishlog‘iga sayohat qilish uchun qanday sabablar bor deysizmi?
Bepoyon lolazorlar, Musaffo havo, Sokin va diltortar manzillar, Qalbi pok va mehmondo‘st qishloq aholisi, Turistik xizmatlar tashkil etilgan ekoturizm hududi
Sizga ushbu sabablar yoqdimi unda quyidagi lokatsiya (https://www.google.com/maps/place/40%C2%B013'05.9%22N+65%C2%B036'30.7%22E/@40.2183104,65.6077806,287m/data=!3m2!1e3!4b1!4m6!3m5!1s0x0:0x4369a18f8d816045!7e2!8m2!3d40.2183087!4d65.6085243) orqali Ijandga tashrif buyuring.