Bolali oilalarga nafaqa

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boyicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni korib chiqish tartibi
1. Oila azolarining barcha rasmiy daromadlari, shuningdek, oilaning har bir azosiga togri keladigan bir oylik ortacha jami daromadning hisob-kitobi, oila azosi nomida mavjud bolgan kochmas mol-mulki va avtotransport vositalari togrisida malumotlari ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar "Yagona reyestr AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda idoralararo elektron ozaro hamkorlikni qollagan holda jamlanadi va hisob-kitob qilinadi.
2. Oilani kam taminlangan oila deb etirof etish va unga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boyicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash yoki tayinlashni rad etish "Yagona reyestr AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
3. Quyidagi holatlar mavjud bolganda, oilani kam taminlangan oila deb etirof etish va unga tegishli ravishda bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boyicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi:
a) ariza beruvchi oilasining har bir azosiga togri keladigan bir oylik ortacha jami daromad belgilangan mezondan oshganda;
b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan malumotlar boyicha Kochmas mulk obyektlariga bolgan huquqlarning davlat reyestrida ariza beruvchi va uning oila azolarida jami bittadan ortiq kochmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bolganda;
v) ariza beruvchi yoki uning oila azolarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oz nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanilayotgan:
ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bolgan avtotransport vositasi mavjud bolganda;
jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bolgan avtotransport vositalari mavjud bolganda;
g) ariza beruvchi va uning oila azolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza bergan oyda mehnatga haq tolash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablaglari mavjud bolganda;
d) ariza beruvchi va uning oila azolarida ariza bergan oyda mehnatga haq tolash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda bozor qiymatidagi qimmatli qogozlari mavjud bolganda;
e) Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qomitasi, Mudofaa sanoati davlat qomitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila azolari (turmush ortogi va bolalari) tomonidan arizalar taqdim etilganda;
j) bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boyicha nafaqa yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila azosi tomonidan belgilangan tartibga rioya qilmagan holda takroriy ariza taqdim etilganda. Bunda takroran taqdim etilgan ariza "Yagona reestr ATga kiritilgandan song ariza korib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada korsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga jonatiladi;
z) oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan azolari mavjud bolganda;
i) oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan azosi mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad etganda;
k) daromadlarning rasmiy manbalariga ega bolmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, ozini ozi band qilgan shaxslar royxatiga kiritilmagan yoki haq tolanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli azosi mavjud bolganda. 
Ushbu qoida:
bola uch yoshga tolguniga qadar uni parvarish qiluvchi onalarga (ularning ornini bosuvchi shaxslarga);
talim muassasalarida oqiyotganlarga (talimning kechki va sirtqi oqish holatlari bundan mustasno);ishlamaydigan pensionyerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur bolgan ish stajiga ega bolmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bolgan shaxslarga;
amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xojaligini yuritish bilan band bolgan oila azolariga;
16 yoshgacha bolalikdan nogironligi bolgan shaxslarning onalariga (onasi bolmagan holda, otasiga), oila azosi hisoblangan I guruh nogironligi bolgan shaxsni yoki ozgalar parvarishiga muhtoj bolgan 80 yoshga tolgan keksalarni parvarish qilayotganlarga (ushbu malumot Pensiya jamgarmasi bolimi tomonidan aniqlashtiriladi);
chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila azolariga;
oilaning "Har bir oila tadbirkor dasturi doirasida (ozini ozi boshqarish organining oila tarkibi va iqtisodiy ahvoli togrisidagi malumotida yoritilishi lozim) oilaviy tadbirkorlikda band bolgan, biroq ushbu dastur boyicha mikrokredit olingan sanadan boshlab kopi bilan 12 oy band bolgan azolariga;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boyicha jazoni ijro etish muassasalarida ekanligi munosabati bilan oilada bolmagan azolariga;
tuman (shahar) aholi bandlikka komaklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida royxatga olingan, ushbu markaz tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, ozini ozi band qilgan fuqarolar royxatiga kiritilgan shaxslarga nisbatan qollanilmaydi.
Ushbu bandda korsatilgan mezonlar asosida bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boyicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etilganda, ariza beruvchiga xabar "Yagona reyestr AT orqali rad etish sabablari korsatilgan holda elektron shaklda (arizada korsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
 
Bolali oilalarga nafaqa
 
 

қ , , CTRL + ENTER .