Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgarmasi ishtirokida Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisida

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgarmasi ishtirokida "Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisida

Qishloq aholi punktlarining memoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yol-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

"Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasini (keyingi orinlarda Loyiha) moliyalashtirish uchun Islom taraqqiyot banki (keyingi orinlarda ITB) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni oz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 200 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi togrisidagi qaror 2020-yil 19-dekabrda Islom taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi tomonidan va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgarmasi (keyingi orinlarda OPEK) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni oz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 75 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi togrisidagi qaror 2020-yil 16-dekabrda OPEK Direktorlar Kengashi tomonidan maqullanganligi;

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (keyingi orinlarda BMTTD)ning Ozbekistondagi vakolatxonasi Loyihani amalga oshirish davrida masul ijro etuvchi organning hamkori sifatida faoliyat korsatishi va u tomonidan Loyiha uchun 3,05 mln AQSh dollari miqdorida grant mablagi ajratilishi;

Loyihani amalga oshirishda Ozbekiston Respublikasining ulushi 59,95 mln AQSh dollari miqdoridagi mablaglardan iborat ekanligi;

Loyiha Qoraqalpogiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshirilishi;

Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2021 2025-yillar) tashkil etishi malumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi Loyihani oz vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB va OPEK kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish boyicha masul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Loyiha doirasida subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlab olish "Davlat xaridlari togrisidagi Qonun talablari asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi;

Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar Loyiha boyicha imzolangan qarz (kredit) bitimlarida korsatilgan mexanizmlar talablariga amal qiladi;

Loyihani amalga oshirish doirasida ITB hamda OPEKning kreditlarini qaytarish, shu jumladan qoshimcha haq (ustama) va foizlar, xizmat korsatganlik uchun haq va boshqa tolovlar bilan bogliq xarajatlar Ozbekiston Respublikasining respublika budjeti mablaglari hisobidan qoplanadi.

3. Quyidagilar:

"Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;

"Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasi doirasida ITB va OPEK kreditlarining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa tolovlarni qaytarish prognoz jadvali 2 va 3-ilovalarga muvofiq;

"Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasi doirasida mablaglardan foydalanish boyicha "yol xaritasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Ozbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi malumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish doirasida:

hosil boladigan qoshilgan qiymat soligi summasi xojalik yurituvchi subyektlar mablaglari hisobidan tolanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablaglari hisobidan qoplab beriladi;

olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qoshilgan qiymat soligi summasini respublika budjeti mablaglari hisobidan qoplab berish Ozbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.

5. Ozbekiston Respublikasi moliya vaziri (T.A. Ishmetov)ga Ozbekiston Respublikasi nomidan ITB va OPEK ishtirokida "Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasi boyicha qarz bitimlarini imzolash vakolati berilsin.

6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev):

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) bilan birgalikda Loyiha doirasida subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni "Davlat xaridlari togrisidagi Qonun talablari asosida ochiq va shaffof usulda tanlab olish;

Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi (R.T. Mamatov) bilan birgalikda Loyiha doirasida aholi orasida ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirish, mahalla institutini yanada qollab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqishda doimiy ozaro hamkorlikni yolga qoyish boyicha zarur choralarni korsin.

7. Belgilansinki, Loyiha doirasida:

tanlangan qishloqlarda zaruriy subloyihalar aniqlangandan song, har bir viloyat boyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan belgilangan tartibda Loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqiladi va ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan otkaziladi;

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari buyurtmachi hisoblanadi;

Loyihani amalga oshirish guruhi bilan "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari ortasida hamkorlik kelishuvlari imzolanadi.

8. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligining buyurtmanomalari boyicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kop martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Ozbekiston Respublikasida vaqtincha royxatga qoyilishi va muddati uzaytirilishini tez fursatlarda taminlasin.

9. Hisob palatasi (B.T. Turabov) Loyiha doirasidagi mablaglarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat ornatsin hamda har yarim yilda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

10. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Loyiha doirasida ajratilgan mablaglarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taminlash ustidan doimiy nazorat ornatsin.

11. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oz vaqtida amalga oshirilishini taminlash maqsadida:

a) Bosh vazir orinbosari J.A. Qochqorov:

bir hafta muddatda masul ijrochilar ishtirokida majlis otkazib, ularning aniq vazifalarini belgilab bersin;

ikki hafta muddatda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyiha doirasida mablaglardan foydalanish boyicha hududlar kesimida "yol xaritalarini ishlab chiqsin hamda ularning tegishlicha Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, Buxoro, Navoiy va Xorazm xalq deputatlari viloyat va tumanlar Kengashlarida tasdiqlanishini taminlasin;

tegishli vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Loyihani amalga oshirishga masul bolgan mutaxassislar malakasini oshirish uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda oquv-treninglar tashkil qilsin;

amalga oshirilayotgan subloyihalar va ularning sifatli bajarilishi ustidan monitoring ornatsin hamda natijasi yuzasidan har chorak yakuni boyicha Vazirlar Mahkamasiga malumot kiritib borsin, ushbu malumotlarni bir vaqtda jamoatchilikka elon qilish orqali loyihalarning amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati ornatilishini taminlasin;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokidagi "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va ITB hamda OPEK ishtirokida "Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish boyicha birlashtirilgan guruhning tuzilmasini tasdiqlasin va uning faoliyatini yolga qoysin;

"Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasi doirasida Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun Urganch shahrida, Buxoro hamda Navoiy viloyatlari uchun Buxoro shahrida birlashtirilgan guruhning Loyihani amalga oshirish boyicha hududlararo guruhlarini tashkil etsin;

Loyihani amalga oshirish davrida birlashtirilgan guruh faoliyatini moliyalashtirish boyicha yillik xarajatlar smetasini hamda shtatlar jadvalini Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;

Loyiha boyicha amalga oshirilgan ishlar, ozlashtirilgan mablaglar va erishilgan natijalar yuzasidan malumotlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligining rasmiy veb-saytida yoritib borsin.

Bosh vazir orinbosari J.A. Qochqorovga ITB va OPEKning ijtimoiy va ekologik himoyalash hamda kochirish siyosati tamoyillarini hisobga olgan holda, Loyiha komponentlarini amalga oshirish va moliyalashtirish jadvaliga hamda mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan ilovalarga ozgartirish va qoshimchalar kiritish huquqi berilsin;

b) Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev), Buxoro (B.K. Zaripov), Navoiy (Q.B. Tursunov) va Xorazm (F.U. Ermanov) viloyatlari hokimliklari Loyihani tola-tokis amalga oshirish uchun barcha zarur hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini va Loyihani amalga oshirish guruhiga oz vaqtida yetkazilishini belgilangan tartibda taminlasin.

12. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev), Buxoro (B.K. Zaripov), Navoiy (Q.B. Tursunov), Xorazm (F.U. Ermanov) viloyatlari hokimlari:

qishloqlarni kompleks rivojlantirish uchun Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni bosh reja, hududlarni arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari va ular tarkibidagi batafsil rejalashtirish loyihalari asosida mahalliy budjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablaglar hisobiga amalga oshirsin;

oz hududlaridagi loyihalarni muddatida amalga oshirish va muvofiqlashtirish boyicha ishlarni samarali tashkil etishga masul va shaxsiy javobgar etib belgilansin.

13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masul va shaxsiy javobgar etib Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qochqorov belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 15-aprel va 2022-yil 15-dekabrga qadar Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 18-sentabr,

PQ-5246-son

қ , , CTRL + ENTER .