Navbahor tumanida xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bolib otdi.

Joriy yilning 25 avgust kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bolib otdi.
Sessiyada deputatlar tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini taminlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, yangi ish orinlari yaratish va aholi bandligini taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan deputatlar tuman hokimi A.Oroqovning axborotini eshitdilar.
Taqidlanganidek, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi aholi bandligini taminlash, yangi ish orinlarini yaratish, kambagallikni qisqartirish, aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash, ijtimoiy muammolarni adolatli hal etishdir. Songgi yetti yilda Prezidentimiz rahbarligida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taminlash, ularni kasb-hunarga orgatish, daromadlarini izchil oshirib borish boyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Bu borada Navbahor tumanida ham manzilli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, aholi bandligini taminlash, tadbirkorlik subyektlari sonini kopaytirish maqsadida ularga koplab yengilliklar va imtiyozlar berilmoqda. Natijada yangi tadbirkorlik subyektlari paydo bolib, koplab ish orinlari yaratilyapti, ishsiz yoshlar bandligi taminlanyapti.
Jumladan, tumanda 2023 yilda 35072 nafar fuqarolarni doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda bandligini taminlash reja dasturi belgilangan bolib, otgan 7 oyda 28719 nafar aholining bandligini taminlashga erishildi. "Ayollar daftariga kiritilgan 970 nafar xotin-qizdan shu vaqt ichida 751 nafarining bandligi taminlandi.
Shuningdek, tumanda mavjud 41 ta mahalla fuqarolar yiginlarining har birining oziga hos xususiyatidan kelib chiqib, osish nuqtasilari aniqlandi. Tuman boyicha yil davomida 950 nafar ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oqitish rejalashtirilgan bolib, Aholi bandligiga komaklashishi markazi tomonidan 1 avgustga qadar 384 nafar ish bilan band bolmagan fuqarolar kasb-hunarga oqitildi.
Shu bilan birga, har bir mahallada xatlov otkazilib, 2950 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini taminlash boyicha hokim yordamchilari tomonidan reja ishlab chiqildi. Bugungi kunda aniqlangan ishsizlarning 2198 nafarini bandligi taminlangan. Joriy yilning 7 oyida hokim yordamchilari tomonidan 39 ta loyihalar ishga tushirilib, 114 ta ish orinlari yaratildi.
Sessiya yigilishida kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Navbahor tuman Ichki ishlar bolimi boshligi U.Shukurovning axboroti tinglandi.
Takidlandiki, Navbahor tumanida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida borasida tizimli ish olib borilmoqda. Tumanda sodir etilayotgan har bir jinoyat mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida mahallalarda keng muhokama qilinib, ularni oldini olish boyicha zarur choralar korilmoqda.
Xususan, joriy yilning otgan 7 oyi davomida jinoyatchilik kopaygan 8 ta mahalla "qizil va 13 ta mahalla "sariq toifaga kiritildi. Ushbu toifaga kiritilgan mahalla fuqarolar yiginlariga tuman hokimligi, prokuratura, IIB, MG va boshqa masul tashkilotlar vakillari biriktirilib, jinoyatchilikni jilovlash boyicha profilaktik ishlar kuchaytirilgan tartibda olib borilishi tashkil qilindi.
Amalga oshirilayotgan say-harakatlarga qaramay, tumanda 2023 yilning 7 oyi davomida jinoyat sodir etganlar 170 tani tashkil etgan. Bu otgan yilning shu davriga nisbatan 45 taga kopdir. Deputatlar yuzaga kelgan salbiy holatlarni chuqur tahlil qilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boyicha tasirchan choralar korish boyicha takliflarni ilgari surdilar.
Sessiya yigilishida Oliy Majlis Qonuchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov ishtirok etdi hamda mamlakatimizda bu yil amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar, uning mohiyati va ahamiyati, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining orni va masuliyati, shuningdek, Prezidentimizning yaqinda Fargona, Toshkent hamda Buxoro viloyatlarida otkazilgan yigilishlardagi maruzalari va ularda belgilab berilgan ustuvor vazifalarga alohida toxtaldi.
Sessiyada muhokama qilingan masalalar boyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
F.Rahimova, Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashi deputati:
Bugungi sessiya yigilishimizda muhim masalalar muhokama qilindi. Deputatlar tuman hokimi hamda mutasaddi idoralar rahbarlarining yangi ish orinlari yaratish va aholi bandligini taminlash borasida qanday ishlar olib borilayotgani haqida kengroq malumotlarga ega boldilar.
Otgan davrda tumanda voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishi oshgani har birimizni oylantiradi. Demak, bu borada tegishli tartibda targibot ishlari IIB, Xalq talimi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilmagan. Natijada shu yilning 6 oy davomida tungi vaqtlarda ichki ishlar bolimi xodimlar tomonidan qarovsiz va nazoratsiz yurganlar aniqlanib viloyat IIBning ijtimoiy huquqiy yordam korsatish markaziga 25 ta voyaga yetmaganlar joylashtirilgan.
Kelgusida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida tumandagi bozor va boshqa kongilochar maskanlarda ularni qarovsiz, bemaqsad yurishlarini oldini olish uchun "Tun, "Oquvchi va "Osmir tadbirlari doimiy ravishda samarali otkazish, tumandagi oshxona va dam olish maskanlari, kochalar, bozorlar, kompyuter klublarida nazorat tadbirlarini otkazib borish lozim.
Eng muhimi, Prezidentimizning shu yil 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti hamda Fargona, Toshkent va Buxoro viloyatiga tashriflari chogida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, bu boradagi ishlar ustidan muntazam ravishda deputatlik nazoratini ornatib borishimiz zarur. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokidagi yigilish esa ish faoliyatimizni yangicha tashkil etishda juda samarali boldi, desak ayni haqiqat.
D.Ochilov, Xalq deputatlari Navbahor tuman kengashi deputati:
Bugungi sessiya yigilishida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini taminlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasi ham qizgin muhokama qilindi. Ushbu sohada ichki ishlar idoralarining olib borayotgan ishi yuzasidan fikr va mulohazalarimizni bildirdik. Tan olish kerak, otgan davrda bu borada keng kolamli ishlar amalga oshirilgan. Lekin, shunga qaramay, ayrim kamchiliklar ham uchrab turibdi.
Jumladan, tumandagi bazi mahallalarda tuman miqyosida sodir etilgan jinoyatlarni mahallalardagi har 1000 nafar aholi soniga nisbatan 8 ta mahallada otgan yilga nisbatan jinoyatlar sodir etilishi oshgan.
Mening fikrimcha, ayni damda sodir etilayotgan jinoyat uchun javobgarni topib jazolashga asosiy urguni bermasdan, balki mahalladagi beshlik bilan hamkorlikni yanada kuchaytirgan holda sodir etilishi mumkin bolgan jinoyatlarni oldini olishga asosiy etiborni qaratsak yaxshi bolardi. Kelgusida ushbu mahallarni sariq toifaga otkazish boyicha tegishli profilaktik tadbirlarni mahalla beshligi tomonidan har bir xonadonlarga kirib chiqish, ijtimoiy, siyosiy va manaviy jixatdan aholiga komaklashish, jinoyatga va huquqbuzarlikka moyil bolgan shaxslar organib chiqish lozim.
Shu bois, jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquq tartibot organlarining emas, balki keng jamoatchilikning ham vazifasi bolmogi kerak. Bu jarayonda huquqbuzarlikni oldini olishda mahallalar kesimida ish olib borilib, Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarda tashkil etilgan "beshlik faoliyatidan unumli foydalanishimiz lozim.
Agar mahallalarda jinoyatchilikka qarshi murosasiz muhitni yaratish, eng avvalo, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini barvaqt bartaraf etishga astoydil harakat qilsak, oylaymanki kutilgan natijaga erishish mumkin.

 
 

қ , , CTRL + ENTER .