#PRESS_TUR


Navbahor tuman hokimligi matbuot xizmati tomonidan "Keskanterak” mahallasida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishish maqsadida "Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Navbahor tumani ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishish” mavzusida PRESS_TUR tashkil etildi. Press-tur yakunida ixtisoslashtirilgan maktab binosida jurnalist va blogerlar uchun MATBUOT ANJUMANI boʻlib oʻtdi.
Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 251 nafar o‘quvchilarga 32 nafar pedagoglar ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar. Shundan 14 nafari oliy toifa; 9-nafari 1-toifa; 7-nafari 2-toifa va 2 nafari mutaxassis malaka toifalariga ega. Pedagoglarimiz orasida xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan pedogoglarimiz soni 12nafar bo‘lib, milliy sertifikatga ega pedagoglarimiz 2 nafarni tashkil etadi. O‘quvchilarimiz ham bir qancha nufuzli tanlovlarda, hamda fan olimpiadalarida ishtirok etib nufuzlu o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda, jumladan 10-sinf o‘quvchilarimiz Jalilova Sabina, Bozorboyev Rustam hamda To‘lqinov Shamshodbeklar PDP universiteti olimpiadasida ishtirok etib har biri 12000000 so‘mlik grand soxiblari bo‘lishdi. 10-sinf o‘quvchisi Akramova Umida O‘ktam qizi ingliz tilini bilish darajasi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi. Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi olimpiadasida ham o‘quvchilarimiz faol ishtorok etib viloyat bosqichida matematika fanidan 9-sinf o‘quvchisi Melsov Sarvar 1-o‘rinni, fizika fanidan 10-sinf o‘quvchisi Turopov Mirjalol 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Shu olimpiadaning Respublika bosqichida 10-sinf o‘quvchisi Turopov Mirjalol faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 9-sinf o‘quvchisi fizika fanidan Xolnazarov Sardor Respublika olimpiadasida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.