Tadbirkorlarning bankdagi pul mablaglarini noqonuniy olib qoyganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun (ORQ841-son, 10.05.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablaglari daxlsizligini taminlashga qaratilgan qoshimcha va ozgartishlar kiritildi. 

Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga kiritilgan qoshimchaga kora, tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablaglarini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda otkazish yoki olib qoyish yoxud ularni oz vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bolmagan taqdirda BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6 mln 600 ming somdan 13 mln 200 ming somgacha) miqdorda jarima solishga sabab boladi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoshimchaga kora, yuqorida qayd etilgan huquqbuzarlik mamuriy jazo qollanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qollanilishiga sabab boladi:

BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari; 
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Osha harakatlar:

kop miqdorda zarar yetkazgan holda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bolsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Osha harakatlar:

juda kop miqdorda zarar yetkazgan holda;
uyushgan guruh manfaatlarini kozlab sodir etilgan bolsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Yetkazilgan moddiy zararning orni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qollanilmaydi.

Navbahor tuman adliya bolimi boshligi E.Fayzullayev

қ , , CTRL + ENTER .