Tugilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYOga borish shart emas

Xabaringiz bor, 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tugilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bolimlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.
Endilikda bola tugilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi malumotlarni, jumladan, bola royxatga qoyiladigan poliklinika va ichki ishlar bolimi, navbatga qoyiladigan davlat maktabgacha talim tashkiloti haqidagi malumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO bolimiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYO bolimi tugilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoyilgan tugilganlik haqidagi malumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Tibbiyot muassasalari malumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi. 
Ushbu malumotnoma tugilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatiyan taqiqlanadi.
Tugilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYO bolimlari tomonidan  eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.
Otalik belgilash va yolgiz ona arizasiga asosan tugilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugilishini qayd etishda bevosita FHDYO bolimiga murojaat qilinishi lozim.
Malumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

Navbahor FHDYO bolimi mudirasi Y.Aralova

қ , , CTRL + ENTER .