NORMAT TURSUNOV NAVBAHORDAGI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI VA TABDIRKORLIK SUBYEKTLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNI KOZDAN KECHIRDI

Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, "Barkamol avlod bolalar maktabida bolgan viloyat rahbari ushbu muassasada olib borilayotgan qurilish ishlarini kozdan kechirib, masullarga qurilish sifatiga jiddiy etibor qaratish zarurligini uqtirdi.

Shuningdek, bu yerda oquvchi yoshlarni togaraklarga va kasb organishga jalb etish, maktabdan tashqari talim tizimiga etibor qaratish boyicha ishlarni amalga oshirish lozimligi yuzasidan mutasaddilarga oz tavsiyalarini berdi.

"Yoshlik suzish havzasida bolalarga yaratilgan sharoitlar, tozalik, ozodalik, havzaning obodonchilik ishlari bilan tanisharkan, N. Tursunov bu yerdagi mavjud tamirtalab joylarni tamirlash boyicha aniq muddatli chora-tadbirlarni belgiladi.

Shuningdek, viloyat rahbari tuman markazidagi "Xotira va qadrlash maydonida, tuman markazidagi Bobur shohkochasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini kozdan kechirdi.

"Navkar mahalla fuqarolar yiginida bolib, aholi murojaatlarini tingladi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan masullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Keyingi manzil Qorajon mahallasi hududidagi kichik sanoat zonasida joylashgan "Navbahor tomorqa xizmati klasteri MCHJ negizida tashkil etiladigan tomorqachilik klasteri boldi.

Bu yerda qurilish ishlari yakuniga yetgach, parrandasilik, baliqchilik , joja yetishtirish, ixcham issiqxona faoliyatlari, uzumchilik, quyonchilik, kurka, asalari kabi loyihalar amalga oshiriladi.

Shuningdek, N. Tursunov ushbu hududdagi Italiya hamda Janubiy Koreya davlatlaridan olib kelingan eng songi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan "Paradise garden meva sharbatlari va vino ishlab chiqarish zavodiga boldi.

Bugungi kunda bu yerda ishlab chiqarilayotgan vino va meva sharbatlari Ozbekiston bozorlarida ozining xaridorlariga ega. Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbat jarayonida zavodni yanada rivojlantirish boyicha tavsiyalar berdi.

қ , , CTRL + ENTER .