Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha toxtatildi

Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha toxtatildi
"Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy tasirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qollab-quvvatlash chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori(PQ43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi.
- Qarorga kora, tadbirkorlarning 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil bolgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha foizlarsiz, qoshimcha shartlar qoymasdan va taminot talab etmasdan teng ulushlarda bolib-bolib tolashga ruxsat beriladi.
Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023 yil 1 aprelgacha toxtatiladi.
Tashqi savdo operasiyalari boyicha muddati otgan debitor qarzdorlik uchun xojalik yurituvchi subyektlarga 2023 yil 1 aprelgacha jarimalar qollanilmaydi.
Shuningdek, tadbirkorlar 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara tolovlarini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha teng ulushlarda bolib-bolib tolashi mumkin.
Tadbirkorlar tomonidan bolib-bolib tolash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari boyicha 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida tolanishi lozim bolgan tolovlar, shu jumladan dastlabki tolov tolanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023 yil 1 aprelgacha toxtatib turiladi.
2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlarga jarima va penyalar qollanilmaydi.
Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga nisbatan 2023 yil 1 aprelgacha davlat foydasiga undiruvlar bilan bogliq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi toxtatiladi.
Qarorga kora, tadbirkorlarga havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida nosoz holga kelgan asosiy vositalarni tamirlash uchun ajratilgan kreditlar boyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), lekin umumiy qiymati 2,5 mlrd somdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.
Navbahor tuman adliya bolimi
davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi U.Torayev
 
 
 
 
 

қ , , CTRL + ENTER .