Oʼzbekistonda 2024 yildan qishki sport maktabi oʼz faoliyatini boshlaydi

Ma’lumki, «Qishki sport turlari boʼyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarori qabul qilindi. 
Quyidagilar Respublika qishki sport maktabi maktabining asosiy vazifalari etib belgilangan.
-zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda — qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa xalqaro musobaqalarda O‘zbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash;
-qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali trenerlar tarkibini mustahkamlash;
-sportchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
-sportchilarning professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek, qishki sport turini rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq holda O‘zbekiston milliy terma jamoalariga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
-qishki sport turlari bo‘yicha yosh istiqbolli sportchilarni tanlash va tarbiyalash masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, klublar, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi va boshqa sport-ta’lim muassasalari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish;
-qishki sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish, trenerlar hamda sportchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari bo‘yicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish. 
Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda qishki sport turlari (figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey) bilan oʼquvchilarning doimiy mashgʼulot oʼtkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega boʼlishi lozim.
Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 oʼquv yilidan oʼz faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Respublika qishki sport maktabi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi, o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlaydi hamda o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining "Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi hamda maqomi bo‘yicha (faoliyatini moliyalashtirish, tashkil etish, boshqarish va boshqalar) ixtisoslashtirilgan sport maktabiga tenglashtiriladi.

Navbahor tumani adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I Erkin Djabborov 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.