FHDYO bo‘limi

Navbahor tuman adliya bo‘limi FHDYO bo‘limida

2022 yil davomida amalga oshirilgan

ishlar yuzasidan

 

 

 

FHDYO bo‘limida yozuvlarni tuzish orqali qo‘yidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini, ya’ni tug‘ilganlik, nikohni qayd etish, nikohdan ajralish, o‘lim holatlarini qayd etadi.

Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar, tug‘ilish, nikoh tuzish, o‘lim va insonning muhim subyektiv xuquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtashiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.

Fuqarolik holatni qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib, xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvoxnoma) berish uchun asos bo‘ladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYO organi tomonidan berilgan guvohnoma va ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.

Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma–bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.

Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

FHDYO organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risidagi Nizomga, Vazirlar Mahkamasining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalariga, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomalarga asosan ish olib boradi.

Navbahor tuman adliya bo‘limi FHDYO bo‘limida fuqarolarga malakali yuridik xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Navbahor tuman FHDYO bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida tug‘ilganlikni qayd etish 2584 ta qayd etildi, shu jumladan qonuniy nikoxda bo‘lmagan shariy nikox bilan yashab yurgan ota-onadan tug‘ilgan bolalarga nikohni qayd etish bilan birgalikda otalikni belgilash orqali 81 tug‘ilish qayd etildi.

Yolg‘iz onalar tomonidan berilgan arizaga asosan 25 ta bolaning tug‘ilishi ro‘yxatga olindi.

Bolani oilaga farzandlikka olishda sud qarori asosida 19 ta farzandlikka olish rasmiylashtirildi, farzandlarining tug‘ilishini o‘z vaqtida qayd ettirmagan 7 nafar oilaning farzandlariga tug‘ilganlik guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.

Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma–bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.

Joriy yilda nikohni davlat ruyxatidan o‘tkazish orqali FHDYO bo‘limida 886 ta oila tashkil topdi va shundan 786 tasini yosh oila tashkil etadi.

 

Navbahor tuman FHDYO

bo‘limi mudirasi Yu.Arolova

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.