YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOGIDAN MAHRUM BOLGAN BOLALARNI IJTIMOIY QOLLAB-QUVVATLASH


Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turarjoylar bilan taminlash, ularni oilaviy bolalar uylariga joylashtirish, hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining  Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarni ijtimoiy qo`ll`b duvvatlashga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida qaror qilindi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarga uy-joylar Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kochmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan kop kvartirali uylar, tegishli tuman (shahar)da kochmas mulk birlamchi bozorida kop kvartirali uylar mavjud bolmaganda, hududiy "Xalqparvar komissiyalari xulosasiga asosan kvartiralar kochmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilingan uylar hisobidan ajratiladi.

Nizomga asosan har bir yetim bola va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolaga uy-joy olish huquqi bir marta beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarni oquv-tarbiya muassasalariga yuborishda hamda farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) berishda tuman (shahar) hokimining qarori bilan uning yashash joyi boyicha uy-joyini bolada saqlab turish kafolati belgilanadi.

Shininngdek, biriktirilgan uy-joyga ega bolgan yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar oquv-tarbiya muassasalarida, farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarda bolgan toliq davrda, shuningdek Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni otash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bolgan davrida uy-joyga bolgan huquqini saqlab qoladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarni oquv-tarbiya muassasalariga yuborishda hamda farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) berishda ota-onalar yoki boshqa shaxslar tomonidan sotib yuborilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishi natijasida bolalar mavjud uy-joydan mahrum bolgan holat aniqlangan taqdirda kotibiyat yoki bolaning qonuniy vakillari bitimni haqiqiy emas deb topish uchun sudga davo arizasi bilan murojaat qilishlari shart.

Bunda tuman (shahar) hokimining qarorida yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar hisobida uy-joyning saqlab turilishi uni haqiqatda qaytarib olish boyicha sudning tegishli qarori ijro etilgandan song rasmiylashtirilishi korsatiladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar uy-joyga muhtoj yetim bolalar royxatida turganida yoki biriktirilgan uy-joyga ega bolganida, yetim bolaning yoshi 23 yoshdan katta bolmagan davrda, talim muassasalarida, ijtimoiy uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramogida bolgan toliq davrda, shuningdek Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni otash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bolgan davrida meros boyicha hamda davlat tomonidan beriladigan uy-joy olishga va uni saqlab qolishga bolgan huquqini saqlab qoladi.

Quyidagi holatlardan birida, yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolaning ular oz hisobida saqlab turilgan meros huquqidagi uy-joyga qaytib borishi mumkin emas deb hisoblanadi:

a) meros huquqidagi uy-joyda quyidagi shaxslar yashayotgan taqdirda:

ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar, jumladan, voyaga yetmagan bolalarning nomusiga tajovuz qilish yoki boshqa ogir jinoiy hatti-harakatlari uchun ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar;

farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) majburiyatlarini bajarishdan ozod etilgan yoxud chetlashtirilgan shaxslar;

quyidagi kasalliklarga chalingan shaxslar:

I, II, V guruh dispanser hisobidagi barcha joylashinuv shaklidagi sil kasalliklari (faol va surunkali);

barcha joylashinuvli yomon sifatli onkologik kasalliklar;

narkologik kasalliklar (alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya);

aqli zaiflikning barcha turlari;

tanosil kasalliklarining maishiy yol bilan yuquvchi turlari (zaxm, sozak);

b) yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bola hisobida saqlab turilgan uy-joydan u oquv-tarbiya muassasasida, farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) qaramogida bolgan davrida sotish va boshqacha tarzda begonalashtirish natijasida mahrum bolganligi, agar uy-joyni haqiqatda qaytarib olish boyicha sudning ijro etilgan qarori bolmasa;

v) yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolaning mustaqil hayotga kirishida ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga tosqinlik qiladigan boshqa holatlar mavjud bolganda.

Uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar royxatining "onlayn-navbat axborot tizimiga kiritilishi va doimiy yangilanishi Xalq talimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ozlariga biriktirilgan turar joyga ega bolmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarga ular 18 yoshga tolgan yilda kop kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bolmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar ortasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bolmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar ortasida nikoh tuzilgan holda oilaning ikkinchi azosi ham uy-joy bilan taminlangan deb hisoblanadi va teng mulkiy huquqqa ega boladi.

Nogironligi bolgan yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar kvartiralar kop qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga tolgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qoyish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda ozi va oila azolari (eri yoki xotini, farzandlari) dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi boyicha royxatga olish huquqisiz ajratiladi.

Bunda, yetim bola yoki ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.

 

 

Navbahor tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsult Farid Soibov

 

қ , , CTRL + ENTER .