Xalq deputatlari Navbahor tuman kengashining qarori


2023 - yil 14 - yanvar      VI-54-6-5-73-K/23      Navbahor tuman hokimligi

 

Navbahor tumanida qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarini belgilash to’g’risida

 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "Resurs soliqlari va mol-mulk solig’ini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-6121-sonli Farmoni, 2021 yil 7 sentyabrdagi "Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6307-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429, 437-moddalari hamda O’zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 6,24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi

 

QAROR QILADI

 

1. Tumanning iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, jismoniy shaxslar bo’yicha 2023 yil uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun tavsiya etiladigan yer solig’i stavkasi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslar bo’yicha 2023 yil uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun tavsiya etiladigan yer solig’i stavkasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Xalq deputatlari tuman Kengashiga joriy yilning 7-yanvariga qadar keyingi soliq davri uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalari uchun soliq stavkalarini belgilangan tartibda soliq organlariga kiritsin.

3. Tuman hokimligi Axborot xizmati (E.Bobonazarov), "Navbahor tongi” gazetasi tahririyati (F.Qodirova)larga mazkur qarorni OAVlarida rasmiy e’lon qilish hamda xokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavsiya etilsin.

4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o’rinbosari (M.Jumaboyev) hamda xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish investisiyalar va  tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi (Z.Qudratov) zimmalariga yuklansin.


Kengash raisi
                                       А.O`roqov

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.