QOGOZBOZLIK KAMAYADI

Mamlakatimizda ortiqcha talablar va tartib-taomillarni qisqartirish va soddalashtirish hisobiga aholiga davlat xizmatlari korsatish sifatini yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan bir paytda, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish darajasi pastligi, mobil telefon orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi, xizmat korsatish jarayonlarini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning ozaro nomuvofiqligi dolzarb muammolardan bolib kelmoqda.
Elektron shaklda foydalaniladigan davlat xizmatlari salmogini oshirish, davlat xizmatlari korsatishga doir tartiblarni soddalashtirish, ayrim toifadagi xizmatlar boyicha tolovlarni pasaytirish hamda qonunchilik hujjatlarining ozaro muvofiqligini taminlash orqali fuqarolarning davlat xizmatlari tizimidan qoniqishi darajasini oshirish maqsadida qonunchiligimizga doimiy ravishda ozgartirish va qoshimchalar kiritib borilmoqda.
Jumladan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat xizmatlari korsatishni soddalashtirish, byurokratik tosiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari korsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoshimcha chora-tadbirlari togrisida 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi ozgartirish va qoshimchalar kiritilmoqda.
1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali korsatiladigan ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda elektron raqamli imzodan foydalanish lozimligiga oid talabini bekor qilish.
2. "Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimida royxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda "Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlar oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilishda otkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan tolovlardan ozod etilishini belgilash. 
3. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilishning muqobil vositasi sifatida shaxsni mobil telefoni orqali identifikatsiya qilishni (Mobil-ID) belgilash.
4. Tegishli davlat xizmatlarini korsatishda jismoniy va yuridik shaxslardan zarurat bolmagan hujjatlar, moddiy-texnika vositalarini mavjud bolishiga va xodimlarga qoyilgan ortiqcha talablarni chiqarib tashlash.
5. yuridik shaxslarni royxatdan otkazish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilikni ozaro muvofiqlashtirish.
Milliy qonunchiligimizga kiritilayotgan bu kabi ozgarishlar xalqimizni qiynayotgan koplab muammolarga yechim boladi va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiradi. 

Navbahor tumani Adliya bolimi 
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
Torayev Umidjon Raxmoqulovich
QOGOZBOZLIK KAMAYADI

қ , , CTRL + ENTER .