Navbahorda "Salomatlik sayli"

Navbahor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 9-sonli oilaviy poliklinikada Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilib kelinayotgan Salomatlik sayllarining navbatdagisi tashkil etildi. Salomatlik saylida respublika tor soha mutaxasisslaridan tashkil topgan 20 ga yaqin malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik tashkil etildi. Tibbiy ko'rikda 780 dan ortiq aholi vakillari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.Ulardan 318 nafarida turli xil kasalliklar aniqlandi. Shundan 266 nafariga ambulator davo choralari 40 nafariga statsionar davo choralari qo'llanildi. 12 nafar bemorlarga esa respublika miqyosida jarrohlik amaliyotlarini o'tkazish va davolanish uchun yo'llanmalar berildi.
Вс
 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.