NAVBAHOR TUMANIDA YASHIL MAKON LOYIHASI DOIRASIDA "YASHIL YILLIK" UMUMMILLIY TADBIRI OʻTKAZILDI

Bugun tumanimizning 2-sektor hududi "Sarbozor" mahallasida "YASHIL YILLIK" umummilliy tadbiri o`tkazildi. Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlari, Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi tuman Kengashi vakillari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, nuroniylar, xotin-qizlar va keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirokida Navbahor tumanida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlari amalga oshirildi
Shuningdek, tadbir davomida bogʻ yaratib, katta tajribaga ega nuroniy otaxonlar tadbir ishtirokchilariga daraxt koʻchatini oʻtqazish boʻyicha oʻz tajribalarini aytib oʻtishdi.
Navbahor tumani 2-sektor hududi Sarbozor mahallasining 2 gektar bo‘sh turgan yer maydoni hududida Navbahor tuman prokuraturasining "Prokuror bog`i" tashkil etilib, ushbu bog‘ga 5 ming dona daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Shundan 2 ming donasi manzarali hamda 3 ming donasi mevali ko`chatlar tashil etadi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.