"QOROVULTEPA" MAHALLASIDA ISHLAR QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

Xabaringiz bor, Navbahor tumanining "Qorovultepa" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Ayni kunlarda ushbu mahallaga biriktirilgan viloyat va tuman korxona va tashkilotlari tomonidan qator ishlar bajarilmoqda.
Xususan, mahalladagi 2,5 km masofadagi ichki ko‘chalarga shag‘al yotqizish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 400 m suv quvurlari ta'mirlanadi, 1 km 200 m masofadagi ko'chalar asfaltlashtiriladi.
Shuningdek, mahalla markaziga kirish qismida 400 m joyga bulvar qilinib, 692 ta xonadon obodonlashtiriladi

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.