#PAXTA_MAVSUMIGA_START_BERILDI

Navbahor tumanida 2023-yil hosili uchun 185 ta fermer xo'jaliklari va paxta to'qimachilik klasteri tomonidan 6600 gektar maydonga chigit ekilib 24700 tonna paxta xom-ashyosini sotish bo'yicha paxta-to'qimachilik klaster korxonalari bilan shartnomalar tuzildi. Bugungi kunda fermer xo'jaliklari mutaxasislari, bobo dehqonlar tomonidan dalalarda paxta yetishtirilib, oq oltin ya'ni paxtani terib olish mavsumiga star berildi. Terimchilar tomonidan yetishtirilgan paxtani terib olish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Navbahor tuman hokimi Azamat O'roqov 1-sektor hududidagi "Bugamboy" fermer xo'jaligi paxta dalalarida terim jarayonlarining qay tarzda olib borilayotganligini ko'zdan kechirish maqsadida ushbu dalada bo'ldi. Jarayonda terimchilar bilan suhbat qurdi, terimchilarga yaratilayotgan sharoitlar qay darajada bo'lishi kerakligi to'g'risida mutasaddilarga topshiriqlar berdi, shuningdek eng ilg'or terimchilar tuman hokimligi tomonidan maxsus rag'batlantirilib borishi kerakligi to'g'risida ham fikrlar bildirildi.

 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.