MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan tashkilot, muassasalarning yangi binolari qurib foydalanishga topshirilmoqda.
Tumanimizda joriy yilda 6 ta taʻlim muassasasida qurilish taʻmirlash ishlari oshirildi.
Mana bugun o'zingiz guvohi bulib turganingizdek Investisiya dasturi asosida 26-umumiy o'rta taʻlim maktab mukammal taʻmirlash ishlari amalga oshirildi hamda qo'shimcha 240 o'rinli o'quv binosi qurildi. Mazkur ishlarni amalga oshirishda 2,8 mlrd so'm mablag' ajratilib, "Xazara non servis” MChJ tomonidan taʻmirlash ishlari o'z yakuniga etib, bolajonlarga tuhfa sifatida yangi o'quv yili oldida foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Navbahor tuman hokimi O'roqov Azamat Shodiyevich, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Hayitova Ra'no Zokirovna, keng jamolachilik vakillari, nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etishdi. Maktab yangi ko'rinishdagi shinam va yorug' sinf xonalari hamda zamonaviy jihozlari bilan to'liq taʻminlangan. Shu qatorda bosqichma bosqich taʻlim muassasalarida taʻmirlash ishlari olib borilib, zamonaviy maktablarga aylantirilmoqda.

 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.