NAVBAHOR TUMANIDA SEMINAR-TRENINGLAR O‘TKAZILDI

Bugun 2-avgust kuni Konimex, Navbahor, Qiziltepa tumanlari mahallalaridagi xotin-qizlar faollari uchun psixologik seminar-treninglar o‘tkazildi.
Seminarni tuman hokimi o‘rinbosari G.Ergasheva kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Seminar 3 ta guruhda olib borilib, mahalla xotin-qizlar faollarida oilalardagi nizoli vaziyatlarning oldini olish, ruhiy tushkunlikka tushgan shaxslarga ko‘maklashish, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarga yordam ko‘rsatish hamda o‘z joniga qasd va suiqasd qilish, oilaviy ajrim kabi holatlarning oldini olish borasidagi ishlar ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha tushunchalar berildi.
 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.