NAVOIY VILOYATI DELEGASIYASI TURKIYANING DENIZLI VILOYATIDA BO‘LISHDI

Navoiy viloyati delegasiyasining Turkiya Respublikasiga bo‘lgan xizmat safari davomida Denizli viloyatiga ham tashrif buyurildi.
Tashrif doirasida Denizli viloyati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida ikki viloyatning iqtisodiyoti, sanoati hamda boshqa sohalari bir-biriga juda yaqinligi qayd etildi.
Ikki viloyatning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash maqsadida Navoiy va Denizli viloyatlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birodarlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, qisqa muddatlarda Denizli viloyati delegasiyasini Navoiy viloyatiga tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.