NAVBATDAGI SAYYOR QABUL

Aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, aholida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Navbahor tumani "Qorajon" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabulda tuman hokimi A.O'roqov, 2-sektor rahbari tuman prokurori F.Begimov, 3-sektor rahbari tuman Ichki Ishlar bo'limi boshlig'i U.Shukurov, 4-sektor rahbari tuman Davlat Soliq Inspektsiyasi boshlig'i F.Ergashev, korxonalar rahbarlari, mahalla faollari va 40 ga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy taʼminoti, taʼlim, tadbirkorlik va chorvachilik yoʻnalishlarida kredit olish, davolanish uchun pul mablagʻi olish, sud-xuquq masalasi, uy-taʼmiri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalarni olishdi.
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi.
Vaqt talab etiladiganlariga tegishliligi boʻyicha qonuniy yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, taklif va tavsiyalar berildi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.