SAYYOR QABUL

Aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, aholida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Navbahor tumani "Yuqori beshrabot" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabulda tuman hokimi A.O'roqov, tuman Adliya bo'limi boshlig'i E.Fayzullayev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Razzoqov, korxonalar rahbarlari, mahalla faollari va 22 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy taʼminoti, taʼlim, tadbirkorlik va chorvachilik yoʻnalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablagʻi olish, sud-xuquq masalasi, uy-taʼmiri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalarni olishdi.
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi.
Vaqt talab etiladiganlariga tegishliligi boʻyicha qonuniy yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, taklif va tavsiyalar berildi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.