Ayol – mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli

Navbahor tumani Madaviyat va maʼrifat bogʻida "Ayol – mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali oilalarda sog‘lom va ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik hissini oshirishdan iborat.
O‘tkazilgan tadbirda viloyat hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i M.Mamadiyarova, viloyat "Oqila ayollar” harakati a'zolari, viloyatning faol xotin-qizlari, shoira va yozuvchilar, xalq ta’limi tizimida faoliyat olib boruvchi pedagoglar, "Zulfiya” mukofoti sovrindorlari, "To‘maris izdoshlari”, ko‘chaboshi ayollar, mahalla va ovullarda faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar hamda "Oqila ayollar" harakati a’zolari ishtirok etishdi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.