JARAYON

Paxtachilik kengashining Navbahor tumaniga biriktirilgan ishchi guruhi a'zolari tomonidan fermer xo'jalik rahbarlariga ilmga asoslanga tavsiyalar berilmoqda.
O'n kunlik safarbarlik tashabbusi bilan Paxtachilik kengashining Navbahor tumanida biriktirilgan olimlar va mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tumanda Monitoringni davom ettirmoqda. Paxtachilikda yuqori hosil olish hamda yangi ekilgan navlarni birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish bo‘yicha paxta maydonlari o‘rganilib, mineral o'g'itlar bilan o'g'itlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, urug'lik maydonlarida belgilangan talablar doirasida parvarishlash bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Birinchi navbatda paxta maydonlarida kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, ishlatilayotgan pereparatlarni yanada samaradorligini oshirishga e’tibor qaratildi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.