Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar uchun tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi


Qonunchilikka ko‘ra, Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.
Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida bandligi ta’minlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so‘mgacha davlat granti ajratiladi.
Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:
"Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga, shuningdek "Ayollar daftari”ga kiritilgan;
ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;
xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;
nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;
norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan;
odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;
umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarini tugatgan, OTMga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta’limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar;
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
Navbahor tuman adliya bo‘limi
boshlig‘i E.Fayzullayev

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.