VILOYAT HOKIMI NAVBAHOR TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZMOQDA

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning Navbahor tumani "Navbahor koʻp tarmoqli texnikumi” binosida aholi muammo va murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu sayyor qabulda tuman aholisining turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Fuqarolar asosan uy-joy bilan ta’minlash, sog‘ligini tiklash, ishga joylashtirish, kredit mablag‘larini olish va boshqa bir qator yo‘nalishlarda murojaat qilmoqdalar.
Ushbu sayyor qabulda aholi tomonidan turli masalalarda murojaat qilinib, ijobiy hal etilmoqda. Ayni paytda 30 nafarga yaqin murojaat qilingan bo‘lsa, ularning 70 foizidan ko‘prog‘i joyida yechim topmoqda.
Xususan, Beshrabot mahallasidan fuqarolar T.Umirov va B.Bobomurodovlarning Yangi obod koʻchasida ichimlik suvi oʻtkazish bo‘yicha amaliy ko‘mak so‘radi. Ikkala fuqarolarning ham murojaati o‘rganilib, amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.
Kelachi mahallasida Gʻ.Bobomurodov va T.Hamidovlar tomonidan noqonuniy qurilayotgan gaz quyish shaxobchasi qurilishini toʻxtatishini soʻrob qilgan murojaati ham oʻrganib ijobiy hal etish boʻyicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatma berildi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.