BOSH PROKUROR O‘RINBOSARI NAVBAHOR TUMANIDA

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari S.Samadov Navbahor tumanida bo‘lib, mahalliy byudjet mablag`lar asosida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko`rsatishni yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, tumanning "Yangi kuch" mahallasi hududidagi 11-sonli oilaviy polikilinikaning qurulish jarayonlari o‘rganildi. O`rganish jarayonida qurulish ishlarini tez hamda sifatli tarzda yakunlash, aholiga topshirish kabi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berib o`tildi.
O`rganishlar davom etar ekan bosh prokuror o`rinbosari fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish borasidagi qilinayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berdi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.