SENAT RAISI NAVBAHOR TUMANIDA

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Navbahor tumanining "Navkar” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, aholi vakillari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faollari bilan suhbatlashdi. Mahalla ahlining sumalak saylida ham ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, "Navkar” mahallasida 3 013 nafar aholi bo‘lib, 893 ta oila istiqomat qiladi. Mahalla binosi esa 2020-yilda qurilgan.
Uchrashuvlar davom etmoqda.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.